Andijonda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2026-05-14 17:05:00 / Yangiliklar
"Payshanba - yoshlar kuni" munosabati bilan Andijon davlat universitetida Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari polkovnik X.T.Sotiyev hamda viloyat boshqarma boshligʻi polkovnik B.S.Egamnazarov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda universitet talabalari, yoshlar yetakchilari faol ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, ularning bilim va salohiyatini oshirish, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil soʻz yuritildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida oʻtib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Rahbarlar tomonidan yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fikr va tavsiyalar bildirildi.






