“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: Kelajak bunyodkorlari bilan ochiq muloqot
2026-05-14 15:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari polkovnik S.T.Zuparov, FVV Akademiyasi boshligʻi, tuman hokimi, prokurori va IIB boshliqlarihamda boshqa masʼul rahbarlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar oʻz hayot yoʻllari, sinov va tajribalar bilan boyigan faoliyatlari haqida samimiy hikoya qilib, yoshlar bilan chin dildan muloqot qildilar. Ularning har bir soʻzi yoshlar qalbida ilhom uygʻotib, kelajakka ishonchni mustahkamladi. Shu bilan birga, yoshlarga vatanparvarlik tuygʻusini yanada kuchaytirish, bilim sari intilish hamda jamiyat hayotida faol va masʼuliyatli boʻlib ishtirok etish zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan mehmonlarga badiiy chiqishlar, yangi ixtirolar va ijodiy ishlar taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbirlar yakunida ustozlar va yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.








