Hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi
2026-05-12 17:55:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyatining barcha tuman, shaharlarida, shuningdek, Fargʻona viloyatining Beshariq, Rishton, Dangʻara va Fargʻona tumanlarida joylashgan taʼlim muassasalarida "Qutqaruvchi va yoshlar", "Ibratli tengdoshim" mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Unda oʻquvchi-yoshlar qutqaruv xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishish bilan birga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishga doir koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
Shu bilan birga, xizmat faoliyati davomida jasorat koʻrsatib, davlat mukofoti bilan taqdirlangan yosh harbiy xizmatchilar, yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan sportchilar soʻzga chiqib, yoshlar bilan fikr almashdilar.


