Samarqandda “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi
2026-05-12 09:30:00 / Yangiliklar

Musobaqaning shahar va tuman bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jami 32 ta jamoa viloyat bosqichida oʻzaro kuch sinashdi.
Ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish, tezkorlik, jismoniy tayyorgarlik hamda jamoaviy hamkorlikni sinovdan oʻtkazuvchi 5 ta shart boʻyicha qizgʻin va murosasiz bahslarda ishtirok etdi.
Xususan, jamoalarning musobaqaga tayyorgarligi, “Savol-javob”, “Birinchi yordam koʻrsatish”, dor yoʻllaridan oʻtish, arqon yordamida balandlikka koʻtarilish hamda yongʻin oʻchirish estafetasi shartlari boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.
Umumtaʼlim maktablari oʻrtasida:
🥇 1-oʻrin — Toyloq tumani 17-maktabning “Qalqon” jamoasi;
🥈 2-oʻrin — Kattaqoʻrgʻon shahar 2-maktabining “Temur izdoshlari” jamoasi;
🥉 3-oʻrin — Narpay tumani 17-maktabining “Burgut” jamoasi gʻolib deb topildi.
Professional taʼlim texnikumlari oʻrtasida esa:
🥇 1-oʻrin — Samarqand tumani 1-sonli texnikumning “Lochinlar” jamoasi;
🥈 2-oʻrin — Qoʻshrabot tumani 1-sonli texnikumning “Qalqon” jamoasi;
🥉 3-oʻrin — Jomboy tumani 2-sonli texnikumning “Burgutlar” jamoasi qoʻlga kiritdi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari medal, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar musobaqaning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.






