“Dam olish kunlari: madaniyat va hordiq uyg‘unligi"
2026-05-10 15:45:00 / Yangiliklar
"9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan dam olish kunlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari, FVV akademiyasi kursantlarini madaniy hordiq olishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, "Gʻalaba bogʻi", "Shon-sharaf" muzeyi, vatanparvarlik bog‘lari, madaniy meros obyektlari, ziyoratgoh va tarixiy qadamjolarga sayohatlar uyushtirildi.
Albatta, bunday tadbirlar nafaqat dam olish manbai, balki harbiy xizmatchilarning dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi.





