“Burch, jasorat, matonat”
2026-05-08 21:20:00 / Yangiliklar
FVV Akademiyasida "9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
“Inson qadri ulugʻ, xotira muqaddas” mavzusida oʻtkazilgan mazkur tadbirda ushbu oliy dargohda uzoq yillar xizmat qilgan isteʼfodagi generallar, harbiylar, faxriylar, professor-oʻqituvchilar, kursantlar, taniqli sanʼatkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar ushbu oliy dargohning tarixi va sohaga oid eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, professor, general-mayor Sobirov Matrasul Sobirovich nomidagi auditoriyaning tantanali ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi.
