Vatan yo'lidagi jasorat unutilmaydi!
2026-05-08 20:45:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida hamda “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasi rahbar xodimlari tomonidan “9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan qutqaruvchilarning oila a’zolari holidan xabar olindi.

Tadbirlar davomida ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning xotirasi doimo e’zozlanishi, ularning oila a’zolari va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash ezgu qadriyat ekani alohida ta’kidlandi.







