Qahramonlar jasorati unutilmaydi!
2026-05-08 18:15:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati FVB boshlig‘i polkovnik G‘.Eshonov hamda Navoiy harbiy prokurori polkovnik J.Urinov boshchiligida xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida uzoq yillar davomida xizmat qilgan va xizmat vaqtida jasorat koʻrsatib halok boʻlgan kasbdoshimiz usta qutqaruvchi oddiy askar marhum Sultonov Otabek Olimovichning oila a'zolari holidan xabar olinib, xotirasi yod olindi.
Shuningdek, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik I.Matchanov boshchiligida, xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan qutqaruvchi Samandarov Azamat Iskandarovichning oila a’zolari holidan xabar oldi.
Tadbir davom etib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan qutqaruvchi Qurbanbayev Saliy Qo‘zibaevichning oila aʼzolari hamda keksa avlod vakillari holidan xabar olindi.
Bu kabi tadbirlar “NKMK” AJ va “Navoiyuran” DK Obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi boshlig‘I tomonidan ham o‘tkazilib, xizmat burchini sidqidildan bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi, marhum Nurquvatov Feruz Ravshan oʻgʻlining oilasi holidan xabar olindi.
Tadbirlar davomida ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatilib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning xotirasi doimo e’zozlanishi, ularning oila a’zolari va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash ezgu qadriyat ekani alohida ta’kidlandi.







