Shovot tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkaziladi
2026-05-08 17:50:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Xorazm viloyati, Shovot tumanida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda soha faxriylarini ijtimoiy himoya qilish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda oʻrganib, hal qilinishini taʼminlash maqsadida, ommaviy sayyor qabul oʻtkaziladi.
Qabul 2026-yil 15-may kuni soat 11:00 da Shovot tumani, "Turkiston" MFY, "Az-Zamaxshariy" koʻchasida joylashgan 8-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida boshlanadi.
Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz boʻyicha ushbu ommaviy sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz.
