“Burch, jasorat, matonat”
2026-05-07 09:10:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati, FVBB, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Fargʻona viloyati FVB xodimlari tomonidan “9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, taʼlim muassasalarida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida xotira darslari, harbiy xizmatchilar va Jasorat maktabi oʻquvchilari uchun muzeylarga ekskursiyalar tashkil etildi.
Unda yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan ajdodlar xotirasi yod etilib, ularning jasorati va mardligi ehtirom bilan tilga olindi.
Tadbir davomida oʻquvchilarning chiqishlari hamda maxsus texnikalar koʻrgazmasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.



