“Burch, jasorat, matonat” — avlodlarni birlashtirgan qadriyatlar
2026-05-06 17:05:00 / Yangiliklar

“9-may — Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami oldidan Sirdaryo, Andijon, Xorazm, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari FVB rahbar xodimlari tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, xizmat burchini bajarish chogʻida qahramonlarcha halok boʻlgan harbiy xizmatchilar oila aʼzolari va keksa avlod faxriylar holidan xabar olindi.
Uchrashuvlar davomida faxriylar va xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning hayotiy kechinmalari xotirlanib, bugungi kunlarning qadriga yetish, tinch va osoyishta hayotimiz naqadar ulugʻ neʼmat ekanligi taʼkidlab oʻtildi. Bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.








