Vatanga qasamyod — bu abadiy burch, muqaddas ahd va sadoqat ramzi
2026-05-05 19:20:00 / Yangiliklar

FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi Ixtisoslashtirilgan tabiatni-tiklash batalyoniga yangi muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlarning Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qilish marosimlari yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda, Nukus harbiy prokurori, Mo‘ynoq tumani hokimi, boshqarma boshlig’i hamda hamqorlikdagi tashkilotlar rahbarlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan mutasaddilar yosh askarlarga samimiy tilaklarini bildirib, ularning Vatanga sadoqatli, intizomli va jasoratli harbiy xizmatchilar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdilar. Shuningdek, qasamyod marosimi har bir askar hayotidagi muhim va mas’uliyatli bosqich ekani alohida ta’kidlandi.
Marosim davomida namoyish etilgan saf chiqishlari, amaliy-jangovar mashg‘ulotlar va ko‘rgazmali chiqishlar yosh askarlar qalbida Vatanga muhabbat, burchga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Qasamyod lahzalari esa ularning Vatan himoyasi yo‘lidagi yuksak mas’uliyatni chuqur anglashiga xizmat qilib, qalblarda milliy g‘urur va sharaf tuyg‘ularini yanada yuksaltirdi.
Tadbirlar yakunida barcha ishtirokchilarda yuksak vatanparvarlik ruhi, iftixor va g‘urur hissi yanada mustahkamlandi.






