Sirdaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvlari” yuksak ruhda o‘tkazildi
2026-05-05 17:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvlarda faxriylar o‘zlarining hayot yo‘llari hamda boy va bebaho tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning samimiy, mazmunli va hayotiy hikoyalari yoshlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Shuningdek, yoshlarga doimo o‘z ustida izchil ishlash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda oshirib borish, bugungi kunda yaratilgan keng imkoniyat va shart-sharoitlardan oqilona hamda samarali foydalanish zarurligi haqida ilhomlantiruvchi fikrlar bildirildi.
Faxriylar, shuningdek, qutqaruvchi kasbi sharafli va nihoyatda mas’uliyatli kasblardan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Ushbu kasb fidoyilik, jasorat va yuksak matonatni talab etishi, inson hayotini asrash yo‘lida xizmat qilayotgan qutqaruvchilarning mashaqqatli mehnati va jasorati har bir yosh uchun ibrat ekani qayd etildi. Tadbir yakunida ko‘plab yoshlar qutqaruvchi bo‘lish istagini bildirdilar.





