FVV Akademiyasi hamda Fargʻona davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “Anglashuv memorandumi” imzolandi.
2026-05-05 12:10:00 / Yangiliklar
Kecha, 4-may kuni FVV Akademiyasi boshligʻi, yuridik fanlari doktori, professor M.Mamasiddiqov va Fargʻona davlat universiteti rektori B.Shermuhammadov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar oʻrtasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda tajriba almashish yoʻnalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy-amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy bilim va tajriba almashuvini kuchaytirish maqsadida “Anglashuv memorandumi” imzolandi.
Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda taʼlim sohasida ilgʻor yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


