Jizzaxda "Eng yaxshi yosh kitobxon" aniqlandi
2026-05-04 15:25:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati FVB va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi hamkorligida harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, shaxsiy tarkibning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning intellektual savodxonligini kengaytirish maqsadida “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda viloyat FVB va uning tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar hamda xizmatchilar ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
3-o‘rinni— Zomin tumani FVB qutqaruv guruhi qutqaruvchisi, oddiy askar I.Bektemirov;
2-o‘rinni— Yangiobod tumani FVB inspektori, katta leytenant O.Jo‘raqulov;
1-o‘rinni— Paxtakor tumani FVB 14-KQQ qutqaruvchisi, D.Ismoilovlar qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar boshqarma boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


