Beshariq tumanida yuzaga kelgan hodisa to‘g‘risida ma’lumot
2026-05-03 11:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 1-may kuni soat 21:41 da “112” tizimi orqali Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tumanning “Vorux Dasht”, “Yangiqo‘rg‘on” MFYlarning ayrim ko‘chalaridagi 90 dan ortiq aholi yashash xonadonlarining tomorqalariga yomg‘ir suvlari kirganligi to‘g‘risida Farg‘ona viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Shu zahotiyoq, hodisa joyiga Farg‘ona viloyati FVB, viloyat va tuman hokimligi hamda FVDqT xizmatlari yetib borib, hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Bartaraf etish ishlariga barcha zarur kuch va vositalar jalb qilingan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Ushbu hodisa oqibatida fuqarolar orasida tan-jarohat olganlar yo‘q.
Mazkur vaziyatni oqibatlari qisqa vaqtda bartaraf etiladi.
