Jizzax, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining hududiy bosqichi yakunlanib, g‘olib jamoalar aniqlandi
2026-05-01 09:40:00 / Yangiliklar

Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi darajasi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati, shuningdek, nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar turli sharoitlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, hamjihatlikda harakat qilish kabi muhim ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 2026-yil 28–31-may kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.









