Payshanba — “Yoshlar kuni”: muloqot, imkoniyat va amaliy ko'mak maydoni
2026-04-30 16:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvlar davomida rahbarlar o‘z hayot yo‘llari, sinov va tajribalar bilan boyigan faoliyatlari haqida samimiy hikoya qilib, yoshlar bilan chin dildan muloqot qildilar. Ularning har bir so‘zi yoshlar qalbida ilhom uyg‘otib, kelajakka ishonchni mustahkamladi. Shu bilan birga, yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, bilim sari intilish, kasb-hunar egallash hamda jamiyat hayotida faol va mas’uliyatli bo‘lib ishtirok etish zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi.
Tadbirlar yakunida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvlar ularda yangi maqsadlar sari intilish, o‘z ustida ishlash va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagini yanada kuchaytirgani ta’kidlandi.







