Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB hamda Toshkent shahar FVBB tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
2026-04-29 18:15:00 / Yangiliklar

Tadbirlar “Qutqaruvchilik – sharafli kasb!” hamda "Qutqaruvchi va yoshlar" shiorlari ostida Vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirish, shuningdek, ushbu kasbning sharafli va mas’uliyatli ekani haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qutqaruvchilarning kundalik faoliyati, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, inson hayotini saqlab qolishdagi fidoyiligi va jasorati misollar orqali tushuntirildi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
—



