“Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni” doirasida Qo‘shma bayonot imzolandi
2026-04-29 16:00:00 / Yangiliklar

“Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni” doirasida Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari tomonidan zilzilalarga bardoshlilikni mustahkamlash, tayyorgarlikni kuchaytirish hamda ofatdan keyingi tiklanish masalalari bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzolandi.
Mazkur hujjat aholi va hududlarni muhofaza qilish, mintaqaning barqaror va xavfsiz rivojlanishini ta’minlash yo‘lida jamoaviy hamda muvofiqlashtirilgan harakatlar zarurligi bo‘yicha umumiy yondashuvni aks ettiradi.
Shuningdek, tomonlar Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan BMTTDning “Markaziy Osiyo mintaqasida ofatlar xavfini kamaytirish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida yirik va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarga javob berishning mintaqaviy mexanizmlarini kuchaytirish, aholining xabardorligini oshirish va tiklanish choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini belgilab oldilar.




