Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov Ozarbayjon FVV rahbari Kamaladdin Geydarov bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-04-29 14:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuv bugun, 29-aprel kuni xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari so‘nggi yillarda tajriba almashish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish yo‘nalishlarida hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy seminarlar hamda boshqa muhim tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlash masalalarida ikki mamlakat akademiyalari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi. Uchrashuv yakunida tomonlar favqulodda vaziyatlar sohasidagi o‘zaro hamkorlik bundan buyon ham izchil kengayib borishiga ishonch bildirdilar.




