Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Olimlar forumi” oʻtkazildi
2026-04-27 17:45:00 / Yangiliklar

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ilmiy-innovatsion va sinov-tadqiqot instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti, Bojxona instituti, Kriminologiya tadqiqot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Turin politexnika universiteti talaba va kursantlari, Akademiya harbiy xizmatchilari, professor-oʻqituvchilari, kursantlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Mazkur forum ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan bo‘lib, tadbir doirasida ishtirokchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, zamonaviy qurilmalar, robototexnika ishlanmalari va dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda taqdimotlari o‘tkazildi.
Forum yakunida eng faol ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Mazkur forum ilmiy salohiyatni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda favqulodda vaziyatlar sohasiga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.








