Kuni kecha, FVV Akademiyasi kursantlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga ekskursiya uyushtirildi
2026-04-27 09:35:00 / Yangiliklar
Ekskursiya davomida kursantlar buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy merosi, davlatimizning shakllanish jarayonlari hamda Temuriylar davriga oid noyob va bebaho eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi har bir ko‘rgazma ularda chuqur taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng kursantlar “Adiblar xiyoboni”ga yo‘l olib, o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorlar hayoti va ijodi haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘ldilar. Xiyobonning o‘ziga xos muhitida ular ma’naviy ruh va tarixiy xotira uyg‘unligini chuqur his etdilar.
Mazkur ekskursiya kursantlar uchun nihoyatda foydali va katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, ularda tarixga hurmat, milliy qadriyatlarga e’tibor hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.




