FVV qutqaruvchilari ikki nafar fuqarolarni hayotini saqlab qoldi
2026-04-25 18:50:00 / Yangiliklar

Bugun, 25-aprel kuni soat 15:15 da Namangan viloyati FVBga "112" tizimi orqali Toʻraqoʻrgʻon tumani “Oqtosh” MFY "Osoyishta" koʻchasida harakatlangan “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yoʻl chetidagi soyga tushib ketganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko'ra, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, yon atrofdagi ko'ngilli fuqarolar bilan birgalikda, soyga tushib ketgan avtomobil ichidagi 2 nafar fuqarolarni qutqarib, ularni xavfsiz hududga olib chiqishgan hamda tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishgan.




