Munosabat
2026-04-25 18:50:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Hozirgina chilonzorda daraxt sinib Cobaltni ustiga tushdi" post yuzasidan ma'lumot

Bugun, 25-aprel kuni soat 15:15 da "112" tizimi orqali Toshkent shahar FVBBga, Chilonzor tumani 17-daha hududida "Cobalt" rusumli transport vositasi ustiga daraxt sinib tushganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv bo'linmalari hamda obodonlashtirish xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib hodisa oqibatlarini o'rganishgan.
O'rganishlar davomida tan-jarohat olgan fuqarolar yo'qligi ma'lum bo'lgan.
Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
