Ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi
2026-04-25 11:55:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan va Navoiy viloyatlari FVB tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Unda, Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimlari hamda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Jarayonda yo‘nalish bo‘yicha harakatlar bajarildi. Bu kabi mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini samarali bartaraf etishga xizmat qiladi.









