“Xavfsiz bilim maskani” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
2026-04-24 17:40:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda Andijon shahrida joylashgan maktablardan birida “Xavfsiz bilim maskani” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tadbirda yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘quvchilar va pedagog xodimlarga turli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari o‘rgatildi hamda ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarida xavfsizlik madaniyatini oshirish, o‘quvchi-yoshlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va hushyorlikni mustahkamlashdan iborat.





