“Navoiy don mahsulotlari” AJda maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi
2026-04-24 09:05:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida “Navoiy don mahsulotlari” AJda “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

O‘quv mashqida obyekt yig‘ma komandasi, FVB qutqaruvchilari hamda FVDqT xizmatlarining amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Unda, sodir bo‘lgan shartli favqulodda vaziyat oqibatlarini samarali bartaraf etish shuningdek, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘inni o‘chirish kabi amaliy harakatlar bajarildi.



