Buxoroda "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi" oyligi doirasida maxsus-taktik mashqi o‘tkazildi
2026-04-22 19:05:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi" oyligi doirasida koʻp kvartirali turar joy majmuasida favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqida hamkorlikdagi xizmatlar tomonidan baland qavatli turar joylarda shartli jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi.









