Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.Karimova raisligida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshligʻi podpolkovnik O. Qoʻldoshev ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi
2026-04-22 17:25:00 / Yangiliklar

Unda hududiy Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari rahbar xodimlari hamda barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktab rahbarlari ishtirok etdilar.
Jarayonda Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi tasarrufidagi obektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlari yetarli ishlar tashkil etilmaganligi hamda bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar masalasi koʻrib chiqildi.
Taʼlim va tarbiya jarayonlarida hayot xavfsizligi asoslarini hamda favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga bolalikdan oʻrgatish, bolalarning taqiqlangan joylarda choʻmilishini oldini olish va bu ishlarni xalqaro tajriba asosida tashkil etish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda olib borilayotgan davlat nazorati tadbirlari va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, maxsus tayyorlangan slayd va video materiallar namoyish etildi, masʼullarga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.







