"Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" musobaqasining g‘oliblari aniqlandi
2026-04-18 19:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 18-aprel kuni Jizzax viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari oʻrtasida sportning mini futbol va voleybol turlari bo‘yicha "Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz baxslar yakuniga ko‘ra sportning mini futbol turi bo‘yicha:
🥇1-o‘rinni Jizzax viloyati FVB;
🥈2-o‘rinni FVV Akademiyasi;
🥉3-o‘rinni Buxoro viloyati FVB jamoasi egalladi.
💠Sportning voleybol turi bo‘yicha:
🥇1-o‘rinni Buxoro viloyati FVB ;
🥈2-o‘rinni Farg‘ona viloyati FVB;
🥉3-o‘rinni FVV Akademiyasi jamoasi egalladi.
Shuningdek, tadbir so‘ngida faxrli o‘rinlarni egallagan jamoa aʼzolariga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
