“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” yuqori saviyada o‘tkazildi
2026-04-17 17:00:00 / Yangiliklar
Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida “Kitobxonlik – ma’naviy boylik asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda kitobxonlik soatlari tashkil etildi.

Kun davomida taniqli yozuvchi va shoirlar, san’at vakillari ishtirokida davra suhbatlari, adabiy-badiiy kechalar, mutolaa soatlari hamda
“Men o‘qigan kitob” mavzusida munozaralar tashkil etildi.
Respublika VI kitobxonlik haftaligi bilan hamohang o‘tkazilgan bu kabi tadbirlar xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, shaxsiy tarkibning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning intellektual va madaniy savodxonligini o‘sishiga hamda dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.









