Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlarida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli harbiy oilasi-2026” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi
2026-04-17 09:15:00 / Yangiliklar
Jamiyatda oilaviy qadriyatlarni targʻib qilish va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash va namunali harbiy oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va uning oila aʼzolaridan iborat jamoalar 4 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, gʻoliblar tanlovning Respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Mazkur tanlov oilalarda birdamlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.





