Kitobxonlik — ma’naviyat poydevori!
2026-04-16 15:00:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning shahar-tuman bo‘limlarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida I chorak yakunlari bo‘yicha kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga Boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tanlov xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
Bunday ezgu tashabbuslar orqali xodimlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlash, intellektual salohiyatni oshirish hamda xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishish ko‘zda tutilgan.





