Qashqadaryo viloyati FVB boshlig‘i Qarshi shahrida yangi qurilayotgan universititet binosida yong‘in xavfsizligi talablari qay darajada bajarilayotgani yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi
2026-04-15 17:00:00 / Yangiliklar

Dastlab, mas’ullar tomonidan obyektning asosiy loyiha hujjatlari batafsil ko‘zdan kechirilib, unda yong‘in xavfsizligiga oid talablarning to‘liq bajarilayotgani holati tekshirildi.
Shuningdek, jarayonda mutaxassislar tomonidan ichki suv berish jo‘mraklari, zaxira suv ta’minoti tizimi, favqulodda vaziyatlarda foydalaniladigan zaxira chiqish yo‘laklari hamda yer osti suv quduqlarining me’yoriy talablar asosida barpo etilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.








