FVV xodimlari g‘olib va sovrindorlar qatorida!
2026-04-15 14:55:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqada respublikaning barcha hududlaridan turli sport klublari hamda Kuch tuzilmalarining terma jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra, kurash yo‘nalishida – 55 kg vazn toifasida oddiy askar X. Choriyev (Toshkent shahar FVBB), 65 kg vazn toifasida oddiy askar F.Shuxratov (Qashqadaryo viloyati FVB), 70 kg vazn toifasida oddiy askar A.Ashurov (Surxondaryo viloyati FVB), 75 kg vazn toifasida oddiy askar J.Yo‘ldoshev (Surxondaryo viloyati FVB), 80 kg vazn toifasida oddiy askar A.Choriyev (Surxondaryo viloyati FVB), 90 kg vazn toifasida oddiy askar F.Ergashev (Samarqand viloyati FVB), 95 kg vazn toifasida oddiy askar Sh.Axmedov (Qashqadaryo viloyati FVB) hamda 95 kg dan og‘ir vazn toifasida xizmatchi O.G‘aniyev (Buxoro viloyati FVB)lari 1-o‘rinni, 60 kg vazn toifasida oddiy askar K.Jo‘rayev (Surxondaryo viloyati FVB), 70 kg vazn toifasida oddiy askar B.Ziyodullayev (Qashqadaryo viloyati FVB), 85 kg vazn toifasida oddiy askar Sh.Ablakulov (Qashqadaryo viloyati FVB) hamda 90 kg vazn toifasida oddiy askar M.Shamsiddinov (Samarqand viloyati FVB)lar 3-o‘rinni, qizlar o‘rtasida esa 70 kg dan og‘ir vazn toifasida kichik serjant Sh.Bozorova (NKMK) 1-o‘rinni egalladilar.
Fursatdan foydalanib, hamkasblarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.
