Sirdaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosi kapital taʼmirlanib foydalanishga topshirildi
2026-04-15 13:05:00 / Yangiliklar
Sirdaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosi kapital taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Sirdaryo tumani hokimi, mehnat faxriylari, yoshlar hamda FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar haqida atroflicha fikr bildirildi. Shuningdek, tizimda koʻp yillik samarali mehnati bilan namuna boʻlgan faxriylar yoshlarga mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, sohani yanada rivojlantirish zarurligini taʼkidladilar.
Tadbir davomida FVB shaxsiy tarkibiga zamonaviy yongʻin-qutqaruv texnikasi va yengil avtomobil tantanali ravishda topshirildi.









