Samarqand shahrida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi
2026-04-15 10:40:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar FVB tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, o‘ziga va boshqalarga yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida jamoalar 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, o‘zlarining bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, g‘olib jamoalar musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.








