Navoiy viloyati FVB tomonidan "Pyure nature oils" MCHJda hamda Buxoro NQIZda o‘quv mashqlari o‘tkazildi
2026-04-13 15:40:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati FVB tomonidan "Pyure nature oils" MCHJda hamda Buxoro NQIZda FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Unda, tezkor xizmatlar tomonidan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, ishchi-xodimlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi. Yakunda mas'ullar tomonidan ishtirokchilarning amaliy harakatlari baholandi.








