Namangan va Xorazm viloyatlari FVB tomonidan talabalar turar joylarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
2026-04-13 13:30:00 / Yangiliklar

O‘quv mashg‘ulotlarida daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda shartli zilziladan so‘ng baland qavatli binolardan talabalarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar amalga oshirildi.
Bu kabi mashg‘ulotlardan asosiy maqsad hamkorlikdagi daxldor xizmatlarning ko‘nikmalarini oshirish shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelganda oqibatlarini samarali bartaraf etishdan iborat.





