Bozorlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi
2026-04-12 09:40:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati FVBB hamda Jizzax viloyati FVB rahbarligida bozorlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Hamkorlikdagi xizmatlar tomonidan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inni bartaraf etish, odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi.








