Madaniy tadbirlar – maroqli va mazmunli hordiq garovi
2026-04-12 09:35:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda, “Buyuk sarkarda Amir Temur oyligi” doirasida vatanparvarlik bog‘lari, madaniy meros obyektlari, ziyoratgoh va tarixiy qadamjolarga oila va jamoa bilan sayohatlar uyushtirildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari teatr, kino va muzeylarga jalb etildi. Kun davomida o‘tkazilgan konsert, musiqiy kecha, festivallar hamda boshqa ko‘ngilochar tadbirlar ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbirlar nafaqat dam olish manbai, balki harbiy xizmatchilarning dunyoqarashini kengaytirish va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ijodiy jamoalarning fidokorona mehnati va yuksak san’atkorlik mahorati e’tirof etilib, ularga samimiy minnatdorchilik bildirildi.








