Namangan shahrida joylashgan “Chorsu" dehqon bozorida o'quv mashg‘ulotlari o'tkazildi
2026-04-11 21:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Namangan shahrida joylashgan “Chorsu" dehqon bozorida o'quv mashg‘ulotlari o'tkazildi. Mashg‘ulot davomida shartli ravishda sodir bo'lgan yong‘in holati bo‘yicha bozor hududidan fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, qutqaruv bo‘linmalarining tezkor yetib kelishi, suv manbalaridan samarali foydalanish hamda yong‘inni o‘chirish jarayonlari amalda bajarildi. Shuningdek, bozor ma’muriyati va savdo rastalari egalariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in sodir bo‘lgan holatda dastlabki harakatlar bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.








