Sohibqiron merosi – Milliy g‘urur va ma’naviy taraqqiyot manbai
2026-04-10 18:40:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Buyuk sarkarda Amir Temur oyligi” hamda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar, adabiy kechalar, ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etildi.

Xususan, vazirlik markaziy apparatida mahoratli aktyor Ma’ruf Otajonov hamda shoira, falsafa fanlari doktori, professor Sayyora To‘chiyevalar ishtirokida badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Hududlarda ham temurshunos olimlar, yozuvchilar va sanʼatkorlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlarda Sohibqiron Amir Temurning shaxsiyati, buyuk ajdodimizning insoniyat tamadduniga qo‘shgan beqiyos hissasi xususida fikr yuritildi.
Bu kabi uchrashuvlar, o‘z navbatida, buyuk ajdodimiz asos solgan Ikkinchi Uygʻonish davrining milliy va umuminsoniy mohiyatini anglash, harbiy xizmatchilar o‘rtasida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.









