#Xalqaro_hamkorlik
2026-04-10 17:00:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya belgilangan reja asosida Belarus Respublikasidagi hamkasblari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish borasida o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiya Belarus tezkor boshqaruv markazining faoliyati bilan yaqindan tanishib, ushbu yo‘nalishda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Jarayon davomida delegatsiya a’zolari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda O‘zbekiston tajribasi, xususan, tizimli yondashuv, tezkorlik va samaradorlikka qaratilgan amaliy ishlar haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.
Bu kabi uchrashuvlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yuzaga kelgan holatlarda ularni samarali bartaraf etishga xizmat qiladi.




