Hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda boshqarma boshliqlari ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib borishdi
2026-04-10 10:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari diqqat bilan tinglandi, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Rahbarlar o‘zlarining bosib o‘tgan hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari hamda duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berib, yoshlar bilan hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Bu esa yoshlar uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi.
Shuningdek, qutqaruvchi kasbining naqadar sharafli, mas’uliyatli va fidoyilikni talab etuvchi kasb ekani alohida ta’kidlab o‘tildi. Yakunda yoshlar bilan bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish, ularning takliflarini amaliyotga joriy etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ekani qayd etildi.









