Nukus shahrida joylashgan ko‘p qavatli aholi turar joylarida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi
2026-04-08 16:30:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Nukus shahrida joylashgan ko‘p qavatli aholi turar joylarida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.
Mazkur o‘quv mashqida fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘inni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi. Yakunda tezkor xizmatlarning hamkorlikdagi harakati mas'ullar tomonidan baholandi.







