Sohibqiron hayoti – jasorat timsoli
2026-04-08 12:30:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda.

Sana munsoabati bilan vazirlik markaziy apparati, hududiy bosh boshqarma, boshqarmalar hamda tarkibiy tuzilmalarda temurshunos olimlar, yozuvchilar va san’atkorlar ishtirokida badiiy-ma’rifiy tadbirlar, “Amir Temur – II Renessans bunyodkori” mavzusida davra suhbatlari, seminar-uchrashuvlar hamda “Sohibqiron saboqlari” mavzusida adabiy kechalar tashkil etildi.
Bu kabi uchrashuvlar, o‘z navbatida, buyuk ajdodimiz asos solgan Ikkinchi Uygʻonish davrining milliy va umuminsoniy mohiyatini anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.









