Samarqand viloyati FVB boshlig‘i boshchiligida Samarqand shahrida joylashgan “Muso Xonkeldi” savdo majmuasida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir hamda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-04-07 18:20:00 / Yangiliklar
Tadbir davomida savdo majmuasi hududida mavjud yong‘in xavfsizligi holati atroflicha o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan taqdirda to‘g‘ri harakat qilish, odamlarni xavfsiz hududga tezkor evakuatsiya qilish hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Maxsus-taktik o‘quv mashqi jarayonida qutqaruv bo‘linmalarining tezkorligi, o‘zaro hamkorligi va harakatlar uyg‘unligi sinovdan o‘tkazilib, shartli yong‘in holatini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.





