Buxoro viloyati FVB terma jamoasi sovrindorlar qatorida
2026-04-07 17:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi IIV "Dinamo" JTSJ Buxoro kengashining "Spartakiada" nizomiga asosan viloyatidagi harbiy tuzilmalar o‘rtasida Buxoro shahrida milliy kurash sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Unda 7 ta terma jamoalar 7 ta vazn toifalarida bellashdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra umumjamoa hisobida Buxoro viloyati FVB terma jamoasi 2-o'rinni qo'lga kiritdi va kumush medal hamda qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo'ldi.



